O?zbekiston Tashqi ishlar vazirining o?rinbosari BMT Inson huquqlari bo?yicha Oliy komissari boshqarmasi delegatsiyasi bilan uchrashdi

14.11.2022 11:23

“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha departamentining rahbari Hulan Sedev bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi hamda Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Oliy komissar boshqarmasi vakillariga keyingi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan, jamiyatni demokratlashtirish, insonning huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

Tomonlar O‘zbekiston bilan BMT shartnomaviy organlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va maxsus tartib-qoidalar masalalarini muhokama qildilar.

Xulan Sedev mamlakatimizda, xususan, inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.

O‘zbekiston Respublikasi va Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, xususan, BMT shartnoma organlari tavsiyalarini amalga oshirishda ekspert va maslahat yordami ko‘rsatish hamda Umumjahon davriy sharhining to‘rtinchi sikli doirasida O‘zbekiston milliy maʼruzasini tayyorlash yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net