O?zbekiston taekvondo akademiyasi hamda 14 ta ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlari tashkil etiladi

11.01.2023 11:16

/“Dunyo” AA/. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston taekvondo akademiyasi va ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Hujjatga muvofiq, O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi tizimida O‘zbekiston taekvondo akademiyasi hamda 2023-2024 yillari hududlarda 14 ta ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlari tashkil etiladi.

O‘zbekiston taekvondo akademiyasining asosiy vazifalariga  taekvondo (WT) bo‘yicha milliy terma jamoalar (kattalar, yoshlar, o‘smirlar, shuningdek, sport faxriylari) aʼzolarining jismoniy rivojlanishi, jismoniy tayyorgarligi, funksional holati, texnik-taktik va psixologik tayyorgarligini o‘rganish kiradi. Shuningdek, taekvondo (WT) bo‘yicha milliy terma jamoalarni xalqaro musobaqalarga tayyorlashda ularga amaliy va ilmiy-metodik jihatdan ko‘maklashish, taekvondo (WT) bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganish va mamlakatimizda joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, xorijiy mamlakatlarning yetakchi muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirishga ham Akademiya ko‘maklashadi.

Bundan tashqari, Akademiya tomonidan taekvondo (WT) bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyanomalar, o‘quv-qo‘llanmalar, darsliklar nashrga tayyorlanadi va chop etiladi.

Ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlari esa hududiy terma jamoalar aʼzolarining respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi uchun zarur bo‘lgan mahorat va ko‘nikmalar chuqur rivojlantirilishini taʼminlash;

sportchilar zaxirasini tayyorlash uchun zarur tashkiliy, o‘quv-metodik, psixologik-pedagogik, tibbiy-biologik va moddiy-texnik shart-sharoitlar yaratib beradi.

O‘zbekiston taekvondo akademiyasi innovatsion texnologiyalarga asoslangan, qimmat bo‘lmagan, energiya tejovchi va tez barpo etiladigan yengil konstruksiya va materiallardan qurilib, 2023 yil 1 sentyabrga qadar foydalanishga topshiriladi.

O‘zbekiston taekvondo akademiyasi  2023 yil 1 sentyabrdan boshlab o‘z faoliyatini boshlaydi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net