O?ZBEKISTON – SAUDIYA SIYOSIY MASLAHATLASHUVLARI TO?G?RISIDA

04.12.2018 11:49

2018-yilning 3-dekabr kuni Riyoz shahrida O‘zbekiston Respublikasi bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning uchinchi raundi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov va Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar davlat vaziri Nizar Madani boshchiligidagi ikki mamlakat delegatsiyalari o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida hamda xalqaro va mintaqaviy masalalar bo‘yicha o‘zaro qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi.

Barcha darajalarda O‘zbekiston – Saudiya aloqalarini faollashtirish, qo‘shma hamkorlik tuzilmalarining navbatdagi yig‘ilishlari o‘tkazish zarurligi e’tirof etildi.

Saudiya tomoniga O‘zbekistonda hayotning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar beruvchi keng miqyosli islohotlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Tomonlarning BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorligiga alohida e’tibor qaratildi.

 

Saudiya Arabistonida O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya investitsiyalar bo‘yicha agentligi raisi Ibrohim al-Umar hamda Saudiya taraqqiyot fondi maslahatchisi Yusuf al-Bassam bilan muzokaralar o‘tkazdi. Mazkur uchrashuvlarda savdo-iqtisodiy va investitsion sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net