OʻZBEKISTON – ROSSIYA: HAMKORLIK ISTIQBOLLARI BOʻYICHA MUZOKARALAR DAVOM ETADI SO'NGGI MADANIYAT Myunxenda O?zbekiston madaniyati namoyish etildi 13.11.2018 JAMIYAT 2019-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunl

19.10.2018 18:21

Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi birinchi hududlararo hamkorlik forumi 19 oktyabr kuni oʻz ishini davom ettirdi.

Anjuman ikki mamlakat vazirlik va idoralari, hududlari rahbarlari, ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida tashkil qilingan “Salohiyatlarni namoyish etamiz” mazusidagi biznes nonushta bilan boshlandi. Unda mamlakatlarimiz hududlari oʻrtasidagi hamkorlikni oʻrnatish, iqtisodiy zonalar istiqbollari kabi masalalari yuzasidan fikr almashilmoqda.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri B.Xoʻjayev, Rossiya Federatsiyasining iqtisodiy rivojlanish vaziri oʻrinbosari S.Gorkov soʻzga chiqdi. 

Ishbilarmonlar uchrashuvi doirasida mamlakatlarimiz maʼmuriy hududlari rahbarlarining ulgurji-savdo markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish, sanoat, tekstil sohalarida hamkorlikni kengaytirish, kommunal xoʻjaligi obyektlarida axborot texnologiyalarini joriy etish istiqbollariga bagʻishlangan taqdimotlari oʻtkazilmoqda.

Biznes nonushta chogʻida hakorlikning qator yoʻnalishlari, xususan, investitsiya va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, Oʻzbekistondagi erkin iqtisodiy zonalar istiqbollari atroflicha muhokama qilinib, chet ellik sarmoyadorlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari haqida soʻz yuritilmoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net