O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi elchixonasi rasmiy bayonoti (15.01.2024)

15.01.2024 11:28

Joriy yilning yanvar oyida ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda Malayziyada voyaga yetmagan Oʻzbekiston fuqarosi ushbu mamlakat politsiya xodimi tomonidan jinsiy zoʻravonlik qurboni boʻlgani toʻgʻrisida tarqalayotgan xabarlar boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.


Holat yuzasidan Oʻzbekistonning Kuala-Lumpur shahridagi elchixonasi tomonidan fuqaro va uning yaqinlari hamda Malayziya huquq-tartibot idoralari bilan aloqalar oʻrnatilgan.


Hozirgi vaqtda Malayziya Qirollik politsiyasi tomonidan yuqoridagi holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.


Ushbu masala elchixona tomonidan toʻliq nazoratga olingan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net