O?ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI A'ZOLARI RO?YXATGA OLINDI

17.01.2020 11:23

TOShKENT, 17 yanvar. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo AA muxbiri Zamira Azizxonova.

 

Yig‘ilishni Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov boshqardi.

 

Majlis kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolarini ro‘yxatga olish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Senatining birinchi majlislarini chaqirishga oid masalalar ko‘rib chiqildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga muvofiq, Senat a'zolarining saylovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, mahalliy kengashlar deputatlari saylanganidan keyin bir oydan kechiktirmay o‘tkaziladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari saylovi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining qo‘shma majlislari 2020 yil 16-17 yanvar kunlari o‘tkazildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga muvofiq, Markaziy saylov komissiyasi qo‘shma majlislarning bayonnomalari asosida Senat a'zolarini ro‘yxatga oladi. Ro‘yxatga olishdan keyin ularga guvohnoma va ko‘krak nishonlarini topshiradi.

 

Majlisda 2020 yil 16-17 yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga o‘tkazilgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, mahalliy kengashlar deputatlarining qo‘shma majlislari bayonnomalariga asosan Oliy Majlis Senati a'zolari ro‘yxatga olindi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Senatining birinchi majlislarini chaqirishga oid masala ham ko‘rib chiqildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 81-moddasiga va Saylov kodeksining 14-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birinchi majlislari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan chaqiriladi.

 

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Senatining birinchi majlislari 2020 yil 20 yanvar kuni Toshkent shahrida chaqirilishi belgilandi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net