O?zbekiston rahbari Turkiya yetakchisini telefon orqali prezidentlik saylovida erishgan ishonchli g?alabasi bilan qutladi

28.05.2023 17:10

«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqotda Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anni bugun bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida erishgan ishonchli, tarixiy g‘alabasi bilan samimiy qutladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, saylovning ikkinchi turida saylovchilar ishtirokining yuqori darajasi va ovoz berish natijalari qardosh Turkiya xalqi amaldagi davlat rahbarining siyosati va islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlayotganining ishonchli ifodasi ekani qayd etildi.

Suhbatda O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Oliy darajadagi Kengashning navbatdagi yig‘ilishi kun tartibini tayyorlash maqsadida barcha darajalarda faol muloqotlarni davom ettirishga kelishib olindi.

Davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar.

 

O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net