O?zbekiston Prezidentining Qozog?istonga amaliy tashrifi yakunlandi

14.10.2022 19:40

“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 12-14 oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ldi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, 13 oktyabr kuni davlatimiz rahbari Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammitida nutq so‘zlab, savdo-iqtisodiyot, transport-logistika, ekologiya, xavfsizlik sohalari va Afg‘oniston masalasi bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surdi. 

14 oktyabr kuni MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni yana-da kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

“Markaziy Osiyo – Rossiya” sammiti ham bo‘lib o‘tdi.

Tashrif yakunlangach, Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Bosh vaziri Alixon Smailov kuzatib qo‘ydi.

Prezidentimiz Toshkentga qaytib keldi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net