O'zbekiston Prezidentiga "Bayraktar TB2" razvedka-zarba uchuvchisiz uchish apparatining parvozi namoyish etildi

16.11.2023 01:49

/«Dunyo» AA/. O'zbekiston Prezidenti, Qurolli kuchlar Oliy bosh qo'mondoni Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko'ra, mamlakatimiz mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar qo'shinlarning jangovar salohiyati va harbiy-ma’muriy sektorlar faoliyatini yanada yuksaltirishda muhim omil bo'lmoqda.

 

Mazkur qismda ham harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligini oshirish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. O'quv binolari, ma’naviyat va ma’rifat xonalari, sport zali eng zamonaviy texnika va uskunalar bilan jihozlangan.

 

Davlat rahbari harbiy qismda yaratilgan sharoitlar, chegarani qo'riqlashda qo'llanilayotgan harbiy texnika va qurol-aslahalarni ko'zdan kechirdi. Bunda uchuvchisiz uchish apparatlarining ahamiyati alohida ta’kidlandi, ularni ishlab chiqarish masalalari muhokama qilindi.

 

Qurolli kuchlarimizning salohiyatini oshirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shaxsiy tarkibning shayligi, zamonaviy qurol-aslahalar, uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish hamda ularga texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

 

Davlatimiz rahbariga "Bayraktar TB2" razvedka-zarba uchuvchisiz uchish apparatining parvozi namoyish etildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net