O?zbekiston Prezidenti “yashil energiya”ni rivojlantirish bo?yicha tadbirkorlarning taklif va tashabbuslarini qo?llab-quvvatlash zarurligini taʼkidladi

17.03.2023 11:56

/“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirish bo‘yicha vazifalar ijrosi muhokama qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, mamlakatimizning energetika mustaqilligini taʼminlash maqsadida barcha manbalardan foydalanilmoqda. Jumladan, bunda gidroenergetika salohiyati katta o‘ringa ega. Yana bir muhim tomoni, bunday stansiyalarda kunu tun barqaror energiya olish mumkin.

So‘nggi yillarda 15 ta yangi gidro elektr stansiya ishga tushirilgani, 12 tasi modernizatsiya qilingani natijasida qo‘shimcha 260 Megavattli quvvatlar yaratildi. Bugungi kunda gidroenergetika quvvatlari 2,1 ming Megavattga yetib, yiliga 6,5 milliard kilovatt-soat elektr ishlab chiqarilmoqda.

Shu bilan birga, gidroenergiya quvvatlarini 1 ming Megavattga oshirish, xususiy sektor ishtirokida 38 Megavattli 58 ta mikro GES qurish imkoniyati hisob-kitob qilingan.

Yig‘ilishda shu borada amalga oshirayotgan ishlar to‘g‘risida hisobot berildi. Bu yil “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan kamida 7 milliard kilovatt-soat elektr ishlab chiqarilishi maʼlum qilindi.

Mutasaddilarga Pskom, Norin, To‘palang daryolarida aniqlangan maydonlarda 36 ta o‘rta va yirik gidro elektr stansiyalarni loyihalashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, xususiy sektor ishtirokida 9 Megavattli 26 ta mikro GES barpo etiladi.

“Katta Andijon” kanalida 23 Megavattli 3 ta hamda To‘palang daryosida 16 Megavattli bitta GES qurish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Joriy yilda tadbirkorlar, ijtimoiy soha va aholi xonadonlarida 1,7 ming Megavatt quyosh panellari o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Viloyatlarda bu bo‘yicha faol ish boshlangan.

Xususan, qisqa vaqtda ijtimoiy sohada 62 Megavatt, tadbirkorlar tomonidan 23 Megavatt, aholi xonadonlarida 20 Megavatt quyosh panellari o‘rnatilgani qayd etildi.

Yig‘ilishda bu boradagi ishlarni jadallashtirish, “yashil energiya”ni rivojlantirish bo‘yicha tadbirkorlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash zarurligi taʼkidlandi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net