O'zbekiston Prezidenti va Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi raisi mamlakatimizda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar

24.01.2024 01:53

/"Dunyo" AA/. Xitoyga davlat tashrifining ishbilarmonlik dasturi davomida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun CNPC neft-gaz korporatsiyasi raisi Day Xoulyanni qabul qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi o'z sohasida jahonning ilg'or kompaniyasi bo'lib, «Fortune Global 500» reytingida yetakchi o'rinlarni egallab kelmoqda. Neft va gaz qazib olish bo'yicha yirik loyihalarni, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda amalga oshirish borasida katta tajribaga ega.

Uchrashuvda O'zbekistonda yerosti gaz saqlash sig'imlarini barpo etish va gaz yetkazish tizimlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy burg'ilash texnologiyalarini joriy qilish va neft-gaz tarmog'i uchun mutaxassislar tayyorlash bo'yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net