O?zbekiston Prezidenti va Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi telefon orqali muloqot chog?ida Turkiy davlatlar tashkilotining Samarqandda o?tadigan sammiti kun tartibidagi masalalarni ko?rib chiqdi

07.11.2022 11:15

“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmatining maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yana-da rivojlantirish va kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga o‘zining samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini bildirdi.

O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 20-21 oktyabr kunlari Turkmanistonga amalga oshirilgan rasmiy tashrifi davomidagi oliy darajali uchrashuv va tadbirlarning samarali natijalari yuksak baholandi.

Erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni, shu jumladan faol parlamentlararo muloqotlar va almashinuvlarni davom ettirish orqali amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Shu hafta oxirida Samarqandda o‘tkaziladigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitining kun tartibidagi masalalar ham ko‘rib chiqildi.

 “Dunyo” AA arxividan olingan surat

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net