“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan 20 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Turkmanistonga jo‘nab ketdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralar chog‘ida strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Sammit yakunida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha o‘ndan ziyod hujjat imzolanishi rejalashtirilgan.
Ashxobod shahrida “Toshkent” bog‘ining ochilishi, «Xorazm - Toshovuz» chegaraoldi savdo markazi qurilishining boshlanishi ham tashrifning muhim voqealari bo‘ladi.