O?zbekiston Prezidenti Turkiya Prezidentiga hamdardlik izhor etdi

14.11.2022 10:57

“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Istanbul shahri Beyo‘g‘li tumanidagi Istiqlol ko‘chasida yuz bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Prezident Rejep Tayyip Erdog‘anga taʼziya yo‘lladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri  davlatimiz rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadovning  telegram-kanali manbasiga tayangan holda.

O‘zbekiston Prezidenti vafot etganlarning oila aʼzolari hamda yaqinlariga taskin-tasalli va bardamlik, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

Eslatib o‘tamiz: 13 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 16.20 da (Toshkentda -18.20) Turkiyaning Istanbul shahridagi sayyohlar o‘rtasidagi mashhur ko‘chada portlash sodir bo‘ldi, prokuratura buni terrorchilik harakati, deb hisoblamoqda.

O‘zbekiston Bosh konsulligi maʼlumotiga ko‘ra, terakt qurbonlari va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari mavjud emas.

“Anadolu” agentligidan olingan surat

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net