O?zbekiston Prezidenti turk kompaniyasi rahbarini qabul qildi

16.11.2022 09:24

“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun “Ko‘ksaroy” qarorgohida “Calik Holding” kompaniyasi boshqaruvi raisi Axmet Chalikni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish va o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Mamlakatimiz yetakchisi O‘zbekiston va Turkiyaning yetakchi korxonalari o‘rtasidagi sheriklikning bugungi darajasini mamnuniyat bilan qayd etdi hamda iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlaridagi hamkorlikni yana-da kengaytirish uchun katta salohiyat borligini taʼkidladi.

“Calik Holding” rahbari samimiy qabul uchun minnatdorlik izhor etib, kompaniyaning uzoq muddatli va keng ko‘lamli sheriklik borasidagi intilishlari qatʼiy ekanini bildirdi.

Turkiyaning ushbu xoldingi bilan birgalikda sog‘liqni saqlash sohasida, kimyo va tog‘-kon sanoatida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida investitsiyaviy hamkorlikning yangi dasturini ishlab chiqish va qabul qilishga kelishib olindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net