O?zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni kompaniyasi boshqaruvi raisi bilan energetika sohasida joriy va istiqbolli qo?shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi

16.11.2022 10:41

“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Xorijiy investorlar kengashining birinchi majlisi doirasida «ACWA Power» kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abdulla Abunayyan bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, joriy loyihalarni amalga oshirish masalalari va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Prezidenti kompaniya mamlakatimizning turli hududlarida energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish va qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirish loyihalarini amalga oshirishga hissa qo‘shayotganini yuqori baholadi.

Kompaniya investitsiyalarining vodorod energetikasini rivojlantirish, shamol elektr stansiyalarini qurish, xorijiy ekspertlar ishtirokida yuqori malakali milliy kadrlarni tayyorlash muhimligi qayd etildi.

Muhammad Abdulla Abunayyan kompaniya O‘zbekiston bilan uzoq muddatli va keng ko‘lamli hamkorlikni kengaytirishga, shuningdek, kelgusi yilning birinchi choragida Toshkent shahrida O‘zbekiston-Saudiya ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazishda faol ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net