O'zbekiston Prezidenti Sankt-Peterburgning tarixiy obidalari bilan tanishdi

26.12.2023 03:30

/«Dunyo» AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun MDH norasmiy sammitining madaniy tadbirlar dasturi doirasida Sankt-Peterburg shahrining saroy-bog' majmualari bilan tanishdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko'ra, O'zbekiston Prezidenti Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston yetakchilari bilan birgalikda "Pavlovsk", "Sarskoye selo" va "Petergof" muzey-qo'riqxonalariga tashrif buyurdi.

XVIII-XIX asrlarda barpo etilgan ushbu tarixiy obidalar YUNЕSKO Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan, me’morchilik va bog'chilik san’ati durdonalari sifatida tan olingan.

Tanishuv chog'ida davlat rahbarlariga saroylar tarixi, ularning ichki bezagi va badiiy to'plamlari to'g'risida batafsil so'zlab berildi. Oliy martabali mehmonlar e’tiboriga musiqa va xalq og'zaki ijodi jamoalarining chiqishlari havola etildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net