O?zbekiston Prezidenti Samarqand shahriga keldi

09.11.2022 14:53

“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Samarqandga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, 10-11 noyabr kunlari bu yerda yana bir nufuzli xalqaro anjuman - Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadi.

Tadbir oldidan, anʼanadagidek, Imom Buxoriy maqbarasi ziyorat qilindi. Qurʼon tilovat etilib, duo o‘qildi.

Shavkat Mirziyoyev Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ham ziyorat qildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net