O?zbekiston Prezidenti raisligida Yangi Andijon shaharchasida o?tgan yig?ilishda muqobil energetikani rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlash choralari belgilandi

01.02.2023 13:05

/“Dunyo” AA/. Bugun qad rostlayotgan Yangi Andijon shaharchasida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ommalashtirish va aholi bandligini taʼminlash choralari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi, deb xabar qilimoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga tayanib.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yil 17 iyun kuni Andijon tumanidagi adirlikda Yangi Andijon shaharchasi qurilishiga poydevor qo‘ygan edi. Bugungi kunda ko‘p qavatli uylar, maktab va bog‘chalar qad ko‘tarmoqda.

Mamlakat iqtisodiyoti va aholi o‘sishi bilan elektr isteʼmoli ham kundan-kunga oshmoqda. So‘nggi besh yilda yurtmizda xonadonlar 1 million 200 mingtaga ko‘paydi, korxonalar soni esa 260 mingtaga yetgan. Bular elektr energiyasiga bo‘lgan talabni 35 foizga oshirdi. Xususan, Andijon, farg‘ona va Namangan viloyatlarida elektrga talab 40 foizga ko‘paygan.  

– Bunday sharoitida eng to‘g‘ri yechim qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirish, – dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Shu bois yig‘ilishda quyosh va shamol stansiyalari loyihalariga eʼtibor qaratildi.

Bu yil Pop va Farg‘ona tumanlarida 600 Megavattli 2 ta quyosh stansiyasi qurilishi rejalashtirilgan. Andijonda 41 ta, Namanganda 32 ta va Farg‘onada 27 ta mikro gidroelektr stansiya qurish imkoniyati bor.

Davlatimiz rahbari yirik korxonalarda ham qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, umuman, ularni elektr bilan o‘zini o‘zi taʼminlashga o‘tkazish kerakligini taʼkidladi. 

Ijtimoiy obyektlarda quyosh energiyasidan foydalanish uchun alohida kompaniya tashkil etiladi. Unga 200 million dollar mablag‘ beriladi. Kompaniya quyosh panellari va suv isitish qurilmalarini o‘zi o‘rnatadi hamda byudjet korxonasiga “yashil energiya” sotadi. Shuningdek, ijtimoiy obyektlardagi 3 mingta eskirgan qozonlarni zamonaviy uskunaga almashtirish zarurligi qayd etildi.

Energiya resurslarini iqtisod qilish choralari ko‘rsatib o‘tildi. Aholining quyosh energiyasidan foydalanishi uchun jozibador tizim yaratish vazifasi qo‘yildi. 

Yig‘ilish kun tartibidagi ikkinchi masala kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash haqida bo‘ldi. 

Maʼlumki, bu borada viloyatlarga zarur sharoitlar yaratilmoqda. Xususan, 31 yanvar kuni imzolangan Prezident qaroriga ko‘ra, oilaviy tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlarga Andijon viloyatiga 1,1 trillion so‘m ajratiladi. 

So‘nggi ikki yilda aholiga dehqonchilik uchun 8 ming gektar hosildor ekin yerlari berilgan, 2023 yilda yana 10 ming gektar yer tarqatiladi. Mahallalarda sanoatni rivojlantirish uchun 36 ta mikromarkaz tashkil etiladi. 

Davlatimiz rahbari ishbilarmon va mehnatsevar odamlar yurti bo‘lgan Andijonni ishsizlikdan xoli hududga aylantirish mumkinligini taʼkidladi. 

Darhaqiqat, bu yil viloyatda 800 million dollarlik 235 ta investitsiya loyihasi yakunlanib, 40 ming kishi ish bilan taʼminlanadi. Aholiga ajratiladigan 10 ming gektarda 75 mingta doimiy va 200 mingta mavsumiy ish joyi ochiladi.

Ishsiz odamlarni kasb-hunarga o‘qitish, mahallalarda ijtimoiy va tadbirkorlik infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ham vazifalar belgilandi. 

Tuman va shahar hokimlari aholi bandligini oshirish rejalari yuzasidan axborot berdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net