O'zbekiston Prezidenti: O'zbekiston bo'lajak sessiyani eng yuqori saviyada tashkil etish va o'tkazish uchun barcha kuchini safarbar etadi

23.11.2023 01:40

/«Dunyo» AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev barcha xorijiy do'stlarimiz va sheriklarimizga YUNЕSKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini 2025-yilda qadim Samarqandda o'tkazish to'g'risidagi tarixiy qarorni qo'llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

«Ko'pmillatli O'zbekiston xalqi nomidan va shaxsan o'z nomimdan barcha xorijiy do'stlarimiz va sheriklarimizga YUNЕSKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini 2025-yilda qadim Samarqandda o'tkazish to'g'risidagi tarixiy qarorni qo'llab-quvvatlagani uchun samimiy minnatdorlik bildiraman, - deb yozdi davlatimiz rahbari telegram kanalida. - Mintaqamizda birinchi marta o'tadigan ushbu muhim global miqyosdagi tadbir xalqaro hamjamiyatga O'zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlarining ulkan sivilizatsion salohiyatini yana bir bor namoyish etishga xizmat qiladi, deb ishonaman.

 

O'z navbatida, O'zbekiston bo'lajak sessiyani eng yuqori saviyada tashkil etish va o'tkazish uchun barcha kuchini safarbar etadi».

 

Eslatib o'tamiz, Parijda o'tayotgan BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkiloti (YUNЕSKO) Bosh assambleyasining 42-sessiyasida O'zbekistonning navbatdagi, 43-sessiyani 2025-yilda Samarqandda o'tkazish to'g'risidagi taklifi qo'llab-quvvatlandi va tegishli qaror qabul qilindi. Qirq yildan ortiq vaqt davomida ilk bor YUNЕSKO Bosh assambleyasining sessiyasi tashkilot qarorgohi joylashgan Parij shahridan tashqarida o'tkaziladigan bo'ldi. «Bu diplomatik muvaffaqiyat», - deya izohladi qabul qilingan qarorni 42-sessiya raisi Simona-Mirela Mikulesku.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net