O?zbekiston Prezidenti Ostona shahrida Markaziy Osiyo va Rossiya yetakchilari uchrashuvida ishtirok etdi

14.10.2022 19:34

“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Ostona shahrida «Markaziy Osiyo – Rossiya» sammitida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti  Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdi.

«Markaziy Osiyo – Rossiya» formatidagi hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Davlatimiz rahbari mintaqaviy sheriklikni kuchaytirish maqsadida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika va madaniy-gumanitar sohalardagi, atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi aloqalarni yana-da yuqori bosqichga olib chiqishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net