O?zbekiston Prezidenti Janubiy Koreya rahbariga Seul shahrida yuz bergan fojia oqibatida ko?plab insonlar halok bo?lgani munosabati bilan taʼziya yo?lladi

30.10.2022 15:45

“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev Seul shahri markazida yuz bergan fojia oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolga taʼziya yo‘lladi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot kotibining Telegram-kanaldagi sahifasiga tayanib.

Davlatimiz rahbari qurbon bo‘lganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishlarini tiladi.

Fojea qurbonlari soni 150 dan oshgan, 80 dan ortiq kishi turli darajalarda jarohatlar olgan. Bunga Seulning Itxevon ko‘chasida Xellouin bayramini nishonlash chog‘ida yuz bergan tiqilinch sabab bo‘lgan. Janubiy Koreyada 5 noyabrgacha milliy motam eʼlon qilingan. Halok bo‘lganlar orasida 19 nafar xorijlik bor.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net