O?zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Qirg?izistonga jo?nab ketdi

26.01.2023 12:37

/“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Sadir Japarovning taklifiga binoan, bugun  davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmatining maʼlumotiga ko‘ra, oliy darajadagi muzokaralarda do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash, o‘zaro savdoni ko‘paytirish, sanoat kooperatsiyasini qo‘llab-quvvatlash va mintaqaviy infratuzilma loyihalarini ilgari surish masalalari muhokama qilinadi.

Ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net