O?zbekiston Prezidenti «Cengiz Enerji» kompaniyasi boshqaruvi raisini qabul qildi

16.11.2022 10:39

“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Xorijiy investorlar kengashining birinchi majlisi doirasida «Cengiz Enerji» kompaniyasi boshqaruvi raisi Mexmet Chingiz bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti bugungi kunda Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi energetika quvvatlarini kengaytirish bo‘yicha muhim loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan ushbu turk kompaniyasining faoliyatini yuqori baholadi.

Boshlangan loyihalarni tez fursatda yakuniga yetkazish hamda ustuvor yo‘nalishlarda, shu jumladan, energetika obyektlarini modernizatsiya qilish va transport infratuzilmasini rivojlantirishda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da kengaytirish muhim ekani taʼkidlandi.

Mexmet Chingiz samimiy qabul hamda xorijiy investorlarning samarali faoliyatiga yaratilayotgan sharoitlar uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik izhor etdi. Mamlakatimizda muhim infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda bundan buyon ham ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net