O?zbekiston Prezidenti: Ayolning bilimli, hunarli bo?lishi oilaning katta yutug?i

01.02.2023 13:00

/“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga tashrifi Bo‘ston tumanidan boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, bu yerda yaqinda «Sayyora favvorasi» masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan to‘qimachilik korxonasi ishga tushirilgan edi.

Umumiy qiymati 113 milliard so‘mlik ushbu loyiha doirasida bino barpo etilib, Turkiyadan zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatildi. Erkaklar, ayollar va bolalar uchun 50 turdan ortiq, yiliga 1 million 200 ming dona tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Ming nafarga yaqin mahalliy aholi ish bilan taʼminlandi.

Korxonaning «Elegance SM» brendi ostidagi sifatli, bejirim mahsulotlarning asosiy qismi eksportga yo‘naltirilgan. Yillik eksport hajmi 4 million dollar bo‘lishi mo‘ljallangan.

- Bu korxonaga zamin yaratayotganimizda bugungiday bo‘lib ketishiga ko‘pchilik ishonmagan edi. Bo‘ston iqtisodiy jihatdan orqada qolgan tumanlardan edi. Mana shunday korxonalar ochilib, odamlarimiz daromad topayotgani quvonarli. Buni davom ettirib, ish o‘rinlarini ko‘paytirishimiz kerak, - dedi davlatimiz rahbari.

Shu yerning o‘zida kasb-hunarga qayta tayyorlash o‘quv markazi tashkil etilgan. Unda hududdagi ishsiz fuqarolar hunar o‘rganib, o‘z yo‘lini topmoqda. Jumladan, yaqinda 200 nafar ehtiyojmand xotin-qiz kasbga o‘qitilib, ishga olindi.

Prezident ular bilan suhbatda ayolning bilimli, hunarli bo‘lishi oilaning katta yutug‘i ekanini taʼkidladi. Korxonaga muvaffaqiyat, ayollarga oilaviy farovonlik tiladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net