O'zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburgga keldi

25.12.2023 03:29

/«Dunyo» AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga keldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko'ra, "Pulkovo" xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Leningrad viloyati va Sankt-Peterburg rahbariyati kutib oldi.

Ertaga mamlakatimiz yetakchisi Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net