O'zbekiston Prezidenti 23-25-yanvar kunlari davlat tashrifi bilan Xitoyda bo'ladi

19.01.2024 02:35

/"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev XXR Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 23-25-yanvar kunlari davlat tashrifi bilan Xitoyda bo'ladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, tashrif dasturiga muvofiq Pekin shahrida oliy darajadagi muzokaralar hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar bo'lib o'tadi.

Kun tartibidan O'zbekiston bilan Xitoy o'rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va keng ko'lamli amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari o'rin olgan.

Shuningdek, davlatimiz rahbari Xitoy hududlaridan biriga tashrif buyurib, ushbu mamlakat yetakchi kompaniyalari va bank-moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashuv o'tkazadi.

O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net