Oʻzbekiston oʻz tarixida birinchi marta BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy Kengashiga saylandi

10.06.2024 12:44

ECOSOS BMTning asosiy organi boʻlib, tashkilotning iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatini muvofiqlashtirishga masʼul hisoblanadi

7 iyun kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi bosh qarorgohida 2025-2027 yillarga moʻljallangan BMT Iqtisodiy va ijtimoiy Kengashi (ECOSOS) aʼzolari saylovi boʻlib oʻtdi.

Yashirin ovoz berish natijalariga koʻra, Oʻzbekiston BMTga aʼzo davlatlarning 185 ovozini toʻpladi va oʻz tarixida birinchi marta ECOSOSga uch yil muddatga saylandi.

Mamlakatimizning BMTning ushbu muhim organiga saylangani Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida Oʻzbekistonda hayotning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar xalqaro hamjamiyat va BMTga aʼzo davlatlar tomonidan keng eʼtirof etilganidan dalolatdir.

Eslatib oʻtamiz, ECOSOS BMTning asosiy organi boʻlib, tashkilotning iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatini muvofiqlashtirishga masʼuldir. Kengash Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimida barqaror rivojlanishning barcha uch yoʻnalishi – iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatdan ragʻbatlantirish boʻyicha asosiy oʻrinni egallaydi. Uning tarkibiga 54 mamlakat kirib, 3 yillik muddatga saylanadi.

 

“Dunyo” AA

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net