O?ZBEKISTON MUDOFAA VAZIRINING AQSHGA TASHRIFI TO?G?RISIDA

25.01.2019 14:28

O‘zbekiston Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov boshchiligidagi delegatsiya Amerika tomonining taklifiga binoan 2019-yilning 26-30-yanvar kunlari AQShga tashrif buyuradi.

O‘zbekistonning AQShdagi Elchixonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra mamlakatimiz mudofaa idorasi vakillari Kemp-Shelbi harbiy bazasida (Missisipi shtati) “Janubiy zarba” o‘quv mashg‘ulotlatining faol fazasini kuzatib borishadi.

 “Janubiy zarba” – Missisipi shtati Milliy gvardiyasi tomonidan har yili o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlari. Maqsadi – quruqlikdagi, suvdagi va havodagi turli qo‘shin turlarining qo‘shma harakatlarini mashq qilish. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari ilk bor mazkur tadbirda ishtirok etmoqda.

 Harbiy delegatsiya Tampa shahridagi (Florida shtati) CENTCOM bosh qarorgohiga ham tashrif buyurib, uning rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazadi, O‘zbekiston mudofaa idorasi va CENTCOM o‘rtasidagi Harbiy aloqalar rejasida ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net