O?ZBEKISTON KURASHCHILARI OSIYO CHEMPIONATIDA

26.07.2018 12:23

Joriy yilning 17-22 iyul kunlari Dehli shahrida yoshlar o‘rtasida erkin va yunon-rum kurash turlari buyicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Anjumanda 18 davlatdan sportchilar ishtirok etdi.

 


 

Birlashgan Arab Amirliklari, Janubiy Koreya, Iordaniya, Iroq, Mongoliya, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Tailand, Tojikiston, Turkmaniston, Xitoy Taypeyi, Xitoy, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Hindiston, Eron, Yaponiya kabi davlatlar vakillari bilan bir qatorda O‘zbekiston namoyandalari ham gilamga chiqdi.

 

Erkin kurash yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda mamlakatimizdan 10 nafar sportchi ishtirok etib, to‘rtta medalni qo‘lga qiritdi. 57 kg vazn toifasida o‘tkazilgan janglarda hamyurtimiz G‘ulomjon Abdullayev hindistonlik raqibi Navin Navin ustidan ishonchli g‘alaba qozonib, oltin medal sohibi bo‘ldi. 61 kg vaznda yana bir kurashchimiz Abbos Rahmonov qozog‘istonlik Sirbaz Talgatdan ustun kelib, chempionlik oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

 

Mazkur yo‘nalishdagi bahslarda, shuningdek, hamyurtlarimiz Hasanboy Rahimov 125 kg vaznda kumush, 79 kg vazn toifasida esa Muhammadrasul Rahimov bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Yunon-rum yo‘nalishidagi musobaqalarda o‘zbekistonlik Kamol Qo‘ziyev 63 kg vaznda eronlik polvon Bahrom Tayyor Ma’rufxoniy ustidan g‘alaba qozonib, kumush medal sohibi bo‘ldi.

60 kg vaznda hamyurtlarimiz To‘rabek Tirkashev va 67 kg vaznda Mahmud Baxshilloyevlar raqiblari qirg‘izistonlik Talastan Kanzarbekni va xitoylik Sin Xuanni mag‘lubiyatga uchratib, bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.

Qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan kurash bahslarida Nabira Esenbayeva 59 kg vazn toifasidagi janglarda yaponiyalik sportchi Yuzuru Kumanoni mag‘lubiyatga uchratdi va kumush medal sohibasiga aylandi. Baxtigul Boltaniyozova esa 65 kg vazn toifasi bo‘yicha janubiy koreyalik Xyerim Yun ustidan g‘alaba qozonib, bronza medali bilan taqdirlandi.

Umumjamoa hisobida diyorimiz sportchilari yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 3-o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rin Eron va ikkinchi o‘rin Hindiston jamoalariga nasib qildi.

 

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net