O?ZBEKISTON-ISPANIYA TASHQI ISHLAR VAZIRLIKLARI MASLAHATLASHUVLARI TO?G?RISIDA

26.02.2019 15:36

2019-yilning 26-fevral kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston va Ispaniya tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning oltinchi raundi bo‘lib o‘tdi.

Delegatsiyalarga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov va Ispaniya Qirolligi Tashqi ishlar, Yevropa Ittifoqi va hamkorlik vazirligi davlat kotibi Fernando Valenzuela Marzo rahbarlik qildilar.

 Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha aniq choralar muhokama qilindi, xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

 Uchrashuvda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ispaniya Qiroli Felipe VI o‘rtasida 2017-yil 9-iyun kuni Ostonada bo‘lib o‘tgan uchrashuv O‘zbekiston-Ispaniya hamkorligiga muhim faollik bag‘ishladi. Davlat rahbarlari o‘rtasida o‘rnatilgan konstruktiv va ishonchli muloqot o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochadi.

 Ispaniya kompaniyalarining iqtisodiyotning turli sohalarida, jumladan, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, kimyo, qurilish va farmatsevtika, mashina qurilishi, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati, turizm kabi sohalarda yuqori texnologiyali ishlab chiqarish quvvatlarini O‘zbekistonda yaratish loyihalarida ishtirok etishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqlandi. Iqtisodiyot va sanoat sohasida hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning birinchi majlisini 2019-yilda o‘tkazish hamkorlikni kengaytirish, hukumat darajasida ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi.

 Ispaniyaning Yevropa Ittifoqidagi faol rolini inobatga olgan holda ikki tomonlama munosabatlarda “O‘zbekiston-YI” shaklidagi hamkorlik muhim o‘rin tutadi. Ispaniya tomoni O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi yangi Bitim bo‘yicha muzokaralar boshlanishini, shuningdek, mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatladi. Ta’kidlandek, ushbu mavzular bugun Ispaniya delegatsiyasi tomonidan O‘zbekiston vazirlik va idoralaridagi muzokaralar chog‘ida muhokama qilinadi.

 Uchrashuvda umumiy kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

 Maslahatlashuvlar yakunida ikki davlat tashqi siyosat idoralari o‘rtasida 2019-2020-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi imzolandi.

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net