O?zbekiston hunarmandchilik mahsulotlari Italiyada namoyish etilmoqda

17.11.2022 11:34

“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida Italiyaning turli shaharlarida O‘zbekiston hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari tashkil etilmoqda, deb xabar bermoqda  Dunyo AA muxbiri.

Xususan Italining Trikaze shahridagi «Gallon shahzodalari saroyi»da (Palazzo Dei Principi Gallone) , joriy yilning 15 oktyabridan 2023 yilning 7 yanvarigacha davom etadigan o‘zbek hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi  tashkil etildi. Ushbu tadbir «Salento Film Festival» kompaniyasi ijrochi direktori Luidji Kampanile bilan birgalikda amalga oshirildi.

L.Kampanile elchixona bilan o‘rnatilgan yaqin do‘stlik aloqalarini inobatga olgan holda ushbu tadbirlarni Italiyaning keng jamoatchilik eʼtiboriga yetkazilishini taʼminlash maqsadida maxsus veb-sahifani (https://fuori-rotta.it/uzbekistan-2/) ham ishga tushirdi. Ushbu onlayn nashrda ko‘zgazmaga oid materiallar joylashtirilmoqda.

O‘z navbatida, Trikaze shahri meri Antonio Di Dono ushbu ko‘rgazmani tashkil etishdagi jonbozligi uchun O‘zbekiston elchixonasiga alohida minnatdorlik bildirdi.

O‘zbekiston hunarmandchilik mahsulotlarini Italiyada keng targ‘ib etish bo‘yicha navbatdagi ko‘rgazma kelgusi yilning 20 yanvaridan 15 martiga qadar Apuliya viloyatidagi Bishelye shahrida joylashgan ko‘hna “Tupputi” saroyida o‘tkaziladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net