O?ZBEKISTON-GERMANIYA ALOQALARI YANADA MUSTAHKAMLANMOQDA

10.12.2018 12:48

Mamlakatimizda sud-huquq va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar bilan xorijiy mutaxassislarni yaqindan tanishtirish maqsadida Germaniyaning Xaydelberg shahrida “Yevropa kampus” xususiy universiteti bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi siyosiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga bag‘ishlangan brifing tashkil etildi.

Tadbirda 100 nafarga yaqin mazkur universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan bir qatorda nemis siyosiy, iqtisodiy va jamoatchilik doiralari, diplomatik vakolatxonalar vakillari ishtirok etdi.

Brifing chog‘ida Bosh konsulxona vakillari tomonidan mamlakatimizning tarixiy va zamonaviy rivojlanishi, yurtimizda hozirgi kunda olib borilayotgan sud-huquq, iqtisodiy-ijtimoiy va ta’lim sohalaridagi islohotlar hamda ularning dastlabki natijalari yig‘ilganlar e’tiboriga havola qilindi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda to‘laqonli erkin bozorni shakllantirish, unda xorijiy ishbilarmonlarning faol ishtirokini ta’minlash hamda chet el sarmoyalari uchun keng sharoitlar yaratish bo‘yicha qilinayotgan ishlar alohida ta’kidlandi.

Tadbir davomida, shuningdek, respublikamizning Markaziy Osiyodagi “yaxshi qo‘shnichilik” bo‘yicha olib borayotgan faol siyosati, Afg‘ionistonda amalga oshirayotgan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalari hamda “Yangi Buyuk ipak yo‘li” loyihasidagi ishtiroki bo‘yicha yig‘ilganlarning savollariga batafsil javob berildi.

Brifingda so‘z olgan Frankfurt-Mayn shahridagi xususiy ortopediya klinikasi rahbari Yoaxim Barontibbiyotni jahon me’yorlari darajasiga olib chiqish bo‘yicha yurtimizda qilinayotgan ishlar haqida gapirib, barchani joriy yilda Toshkent shahri va Andijon viloyatlariga amalga oshirgan amaliy tashrifi va uning natijalari haqida so‘zlab berdi.

O‘z navbatida, Y.Baron hozirgi kunda Toshkent shahrida zamonaviy ko‘pprofillik nemis tibbiyot klinikasi ochish loyihasi ustida ish olib borayotganini aytib, O‘zbekistonda nemis standartidagi maxsulot va texnologiyalar yuqori baholanishini hamda o‘zbek tadbirkorlari germaniyalik sheriklar bilan hamkorlik qilishga qiziqishlari katta ekanini ham ta’kidladi.

Tadbir chog‘ida, shuningdek, “Yevropa kampus” xususiy universiteti rahbari professor Folker KreyerO‘zbekiston-Germaniya aloqalarining rivojlanishi haqida fikr yuritib, uning oliygohi 2019 yildan o‘zining xalqaro munosabatlari doirasida o‘zbek hamkorlari bilan tibbiyot, turizm va biznes boshqaruv sohalarida yangi loyihalarni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Ta’kidlashicha, bu kabi loyihalar ikki mamlakat do‘stona aloqalarining rivojiga hissa qo‘shadi hamda kelgusida nafaqat o‘zbek tomoni, balki Germaniyadagi oliy ta’limni qo‘llab-quvvatlashda muhim qadam bo‘lishi ham mumkin.

Tadbir davomida yurtimizning zamonaviy rivojlanishi, madaniyati va sayyohlik salohiyatiga oid turli axborot-materiallari ham ishtirokchilar e’tiboriga havola qilindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net