O'zbekiston Fuqarolik protsessual kodeksiga o'zgartirishlar kiritildi

04.01.2024 14:14

 /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti «Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi  Qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Norma" portali ma'lumotiga ko'ra, hujjat bilan Fuqarolik protsessual kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o'zgartirishlar kiritilmoqda:

- sud qarorlarini qayta ko'rib chiqishda taftish instansiyasini joriy etish;

- yuqori turuvchi sudlar tomonidan bekor qilingan qarorlarni yangidan ko'rish uchun birinchi instansiya sudlariga yuborish tartibini bekor qilish;

- har bir sud instansiyasining zimmasiga ish bo'yicha yakuniy qaror qabul qilish vazifasini yuklatish.

Bundan tashqari, sud buyrug'ini bekor qilishni rad etish to'g'risidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.

Shuningdek, arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish to'g'risidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda, ariza sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi.

Birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko'rilgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori hamda apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin.

Quyidagilar:

- Qoraqalpog'iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'ati;

- O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi;

- O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'ati taftish tartibidagi shikoyatlarni (protestlarni) ko'rib chiqadi.

Taftish instansiyasi sudi sud hujjatini to'liq hajmda tekshirib chiqishi shart.

Taftish instansiyasi sudi shikoyatni (protestni) taftish tartibida ko'rish natijalari bo'yicha:

- hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni o'zgarishsiz qoldirishga;

- hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni to'liq yoxud qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror qabul qilishga;

- hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni to'liq yoki qisman o'zgartirishga;

- hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni bekor qilishga va ishni yangidan ko'rish uchun apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudiga yuborishga;

- hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni to'liq yoki qisman bekor qilishga va ushbu Kodeksda ko'rsatilgan asoslarga ko'ra arizani ko'rmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni to'liq yoki qisman tugatishga;

- ayrim sud hujjatlarini bekor qilishga va ish bo'yicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini o'z kuchida qoldirishga haqli.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net