O?zbekiston bo?ylab «Yangi nafas» ommaviy yugurish musobaqalari o?tkazildi

14.11.2022 11:35

“Dunyo” AA/.  Kecha O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan butun mamlakatimiz bo‘ylab «Yangi nafas» ommaviy yugurish musobaqalari  bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

«Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!» shoiri ostida tashkil etilgan mazkur loyiha bir vaqtning o‘zida mamlakatimizning 15 ta shahrida o‘tkazildi. Poytaxtimizdagi «Humo arena» majmuasi oldidagi maydonda bo‘lib o‘tgan yuugurish musabaqasining ochilish tadbiri ko‘tarinki ruhda kechdi.

Poyganing tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibi, triatlon federatsiyasi raisi Viktor Mahmudov, Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, Oliy va o‘rta-maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov, Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i, general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Qosimov ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar davlatimiz rahbari tomonidan ommaviy sport va sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotiga katta ahamiyat qaratilayotgani, buning natijasida O‘zbekiston atletlari xalqaro maydonda yurtimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarib kelishayotgani, bu kabi tadbirlar yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga katta hissa qo‘shishini taʼkidladilar.

Shundan so‘ng yuzlab hamyurtlarimiz 3 km. masofaga yugurish uchun saf tortishdi.

Qayd etish joizki, yugurish bahslari imkoniyati cheklanganlar o‘rtasida ham o‘tkazildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net