O?ZBEKISTON BOSH KONSULI SVERDLOV VILOYATI GUBERNATORI BILAN UCHRASHDI SO'NGGI MADANIYAT Myunxenda O?zbekiston madaniyati namoyish etildi 13.11.2018 JAMIYAT 2019-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgi

08.11.2018 17:41

2018-yilning 6-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Yekaterinburg shahridagi Bosh konsuli Abdusalom Xatamov Sverdlov viloyatining gubernatori Yevgeniy Kuyvashev bilan uchrashdi.

 

 

O‘zbekiston va Rossiyaning mazkur mintaqasi o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, Yekaterinburg shahrida Bosh konsullik ish boshlashi O‘zbekiston va Sverdlov viloyati munosabatlarini rivojlantirishga yangi turtki beradi.

Gubernator ta’kidlshicha, Sverdlov viloyati Namangan viloyati bilan aloqalar o‘rnatmoqda. Tomonlar kelgusi maqsadlar to‘g‘risida bayonnoma imzoladilar va hamkorlik to‘g‘risida to‘la qonli hujjat tayyorlamoqdalar.

Savdo-iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash to’g’risida so’z borar ekan 2017-yilning birinchi yarmidagi ko‘rsatkichlar bilan solishtirganda O‘zbekiston va Sverdlov viloyati o‘rtasidagi savdo hajmi 2018-yil davomida deyarli 50%ga oshib, 106 mln. AQSh dollarini tashkil etgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Uchrashuvda boshqa sohalarda ham hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, Bosh konsullik va viloyat ma’muriyati o‘rtasidagi hamkorlikning amaliy jihatlari ham ko‘rib chiqildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net