Noyabr oyining oxirida Xivada "Chegara bilmas sayyohlik" xalqaro forumi bo?lib o?tadi

22.11.2022 21:56

TOSHKENT, 22-noyabr. /“Dunyo” AA/. 29-noyabr kuni Xivada Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi  mamlakatlarining yetakchi kompaniyalari ishtirokida turizmni rivojlantirish bo‘yicha "Chegara bilmas sayyohlik" xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Uzbekistan.travel” portalida maʼlum qilinishicha, forum kun tartibi turizm sohasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini o‘z ichiga olgan. Bundan tashqari, mazkur anjuman Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining "ichki turizm" imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirish, turizm sohasida ilmiy-texnik va sarmoyaviy hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ishlab chiqish uchun samarali maydonga aylanishi kutilmoqda.

Forumda ishtirok etish uchun O‘zbekiston sayyohlik biznesi vakillari taklif etiladi. Buning uchun tashkilotchilar 26 noyabrga qadar forumning qaysi bo‘limda qatnashish istagi ko‘rsatilgani holda marketing@motach.uz elektron pochtasi orqali ishtirok etish tasdiqlanishini so‘raydi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net