NOVOSIBIRSKDA O’ZBEKISTON TAQDIMOTIGA BAG’ISHLANDI

18.12.2018 12:55

Yaqinda mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi vakillari mazkur shahar faollari, deputatlari, vazirlik va idora xodimlari, shuningdek, Novosibirsk shahridan akkreditatsiyadan o’tgan diplomatiya missiyalari rahbarlari bilan uchrashuv tashkil etdilar. Undan ko’zlangan asosiy maqsad - ular bilan o’zaro do’stlik aloqalarini o’rnatish va mustahkam hamkorlik rishtalarini yo’lga qo’yishdan iborat.

Uchrashuv chog’ida so’zga chiqqan O’zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi Bosh Konsuli Yusuf Kabuljanov bugungi kunda mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan siyosat, ayniqsa tashqi ishlar sohasida qo’shni davlatlar, shu jumladan, Rossiya bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, joriy yilning 18-19 oktyabrida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning O’zbekistonga qilgan davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar, tuzilgan bitimlar to’g’risida batafsil ma'lumot berdi.

Ishtirokchilarning ayrimlari mamlakatimizda so’nggi yillarda turli sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar haqida o’z fikr-mulohazalari bilan o’rtoqlashdi.

Xususan, Novosibirsk shahrining faoli, sobiq madaniyat vaziri, Filarmoniyani rivojlantirish xizmati rahbari V.Miller o’zbek xalqining madaniyati, urf-odatlari va an'analari, respublikamizning betakoror tabiati to’g’risida uchrashuv ishtirokchilariga so’zlab berdi. Shu o’rinda, u kelgusida bu kabi tadbirlarning yana ko’proq tashkil etilishi va bu boradagi barcha zarur amaliy yordamlarini ko’rsatishlarini bildirdi.

Tadbir chog’ida mehmonlar o’zbek milliy taomlari, shu jumladan, palovdan bahramand bo’ldilar.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net