“Navoiy” Maxsus iqtisodiy zonasi vakillari Malayziyada bo?lib o?tgan xalqaro ko?rgazmada ishtirok etishdi

17.03.2023 12:24

/”Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Malayziyadagi elchixonasi ko‘magida ““Navoiy” Maxsus iqtisodiy zonasi direksiyasi” AJ vakillari Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan “Malayziya Texnologiyalar ko‘rgazmasi - 2023” (Malaysia Technology Expo - 2023) ishida ishtirok etdilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

MTE - 2023 innovatsiyalar, fan va texnologiyalarning so‘nggi yutuqlari  ko‘rgazmasi bo‘lib, mazkur xalqaro tadbirda har yili dunyoning yigirmadan ortiq mamlakatidan 1000 ga yaqin kompaniya hamda 5-10 ming kishi ishtirok etadi.

Ko‘rgazma doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar chog‘ida xorij tomoniga O‘zbekistondagi ishbilarmonlik muhiti, xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar, shuningdek, mamlakatimiz  Prezidentining “Navoiy viloyatini innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun erkin iqtisodiy zona sifatida belgilash chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi  Farmonining mazmun-mohiyati to‘g‘risidagi barcha muhim maʼlumotlar taqdim etildi.

Ko‘rgazmada ishtirok etgan Malayziya kompaniyalari vakillari bilan mamlakatimizda investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar ham olib borildi.

Tadbir yakunida “Navoiy” MIZ va Malayziyaning qishloq xo‘jaligi extiyojlari uchun dronlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Meraque Sdn Bhd” kompaniyasi bilan mamlakatimizda dronlar ishlab chiqarish, “Eita Power System” kompaniyasi bilan hamkorlikda lift, elevator va uy xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan robotlar ishlab chiqarish bo‘yicha istiqbolli loyihani muhokama qilish uchun onlayn muzokaralar o‘tkazishga kelishildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net