MSK muddatidan ilgari O?zbekiston Prezidenti saylovida ishtirok etishiga ijozat berilgan siyosiy partiyalar ro?yxatini eʼlon qildi

16.05.2023 10:15

/“Dunyo”/. Kecha Markaziy saylov komissiyasining muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga bag‘ishlangan navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Markaziy saylov komissiyasimaʼlumotiga ko‘ra, majlisda siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari ishtirok etdilar.

Majlisda siyosiy partiyalarning muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishiga ijozat berish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Saylov kodeksiga muvofiq, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, Tadbirkorlar
va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishga ijozat berishni so‘rab taqdim qilgan hujjatlarini ko‘rib chiqib, mazkur partiyalarga 2023 yil 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishi uchun ijozat berildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek, majlis doirasida, siyosiy partiyalarning vakolatli vakillariga saylovda ishtirok etishga ijozat berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma hamda belgilangan namunadagi imzo varaqalari blankalari topshirildi.

Eslatib o‘tamiz: siyosiy partiyalar markaziy organlari majlislarida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan mamlakatning amaldagi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan - O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Oliy Sud raisining birinchi o‘rinbosari Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan - partiya yetakchisi Ulug‘bek Inoyatov, O‘zbekiston ekologik partiyasidan - Markaziy kengash Ijroiya qo‘mitasi raisi Abdushukur Hamzayev nomzodlari ilgari surildi.

“Milliy tiklanish” partiyasi O‘zLiDep bilan birgalikda O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net