MGIMO DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV

11.02.2019 14:58

2019-yilning 9-fevral kuni Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Maslahatchisi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Abdujabar Abduvaxitovning mamlakatimizga Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) delegatsiyasiga boshchilik qilib kelgan mazkur oliy ta’lim muassasasining prorektori Artyom Malgin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda bahorda Toshkent shahrida MGIMO bitiruvchilarining V Xalqaro forumini o‘tkazish va institut filialini ochish bilan bog‘liq amaliy jihatlar muhokama qilindi.

 “Birgalikda kelajak sari” nomli MGIMO bitiruvchilarining Birinchi Umumjahon forumi 2013-yilda Boku shahrida o‘tkazilib, unda mazkur ta’lim muassasasining 25 davlatdan kelgan 400 ga yaqin bitiruvchilari ishtirok etgan. Umuman MGIMO Bitiruvchilari assotsiatsiyasi kontakt bazasi 50 mingta ismdan tashkil topgan.

 Toshkent shahrida MGIMO filiali faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishi, jumladan binoni ta’mirlash va o‘quv anjomlari bilan ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.

 MGIMOning Toshkent filiali joriy yilning sentabr oyidan bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha to‘laqonli faoliyat ko‘rsata boshlashi rejalashtirilmoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net