Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O?zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkalari tuzildi

25.05.2023 10:19

/“Dunyo” AA/. Kecha O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining (MSK) Prezident saylovlariga  tayyorgarlik  ko‘rish va  o‘tkazish  bo‘yicha   navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar  bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri

Majlisni  MSK raisi Zayniddin  Nizamxodjayev olib  bordi.

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzuridagi saylov uchastkalarini tuzish hamda siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiruvchi ekspert guruhlarini tuzishga oid masalalar ko‘rib chiqildi.

Saylov kodeksi va MSK qarori bilan  O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkasi tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi hamda mazkur saylov uchastkalari 14-Toshkent shahar saylov okrugiga biriktirildi.

Majlisda shuningdek, siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiruvchi ekspert guruhlari tuzildi hamda tegishli qaror qabul qilindi.

Ekspert guruhi tarkibiga jami 36 nafar kriminalist, xatshunos ekspert-mutaxassislari, shuningdek, oliy taʼlim muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari, mahalla fuqarolar yig‘inlarining vakillari jalb etildi. Imzo varaqalarini tekshirishda siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari ham ishtirok etadilar.

Siyosiy partiyalar taqdim etgan imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilganligi MSK tomonidan to‘rt kunlik muddatda tekshiriladi.

Eslatib o‘tamiz: siyosiy partiyalar markaziy organlari majlislarida 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga muddatidan ilgari saylovda ishtirok etish uchun nomzodlar ko‘rsatildi. Unga  ko‘ra, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan mamlakatning amaldagi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan - Oliy Sud raisining birinchi o‘rinbosari Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan - partiya yetakchisi Ulug‘bek Inoyatov, O‘zbekiston ekologik partiyasidan - Markaziy kengash Ijroiya qo‘mitasi raisi Abdushukur Hamzayev nomzodlari ilgari surildi.

«Milliy tiklanish» partiyasi O‘zLiDep bilan birgalikda O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net