MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI RAHBARLARINING IKKINCHI MASLAHAT UCHRASHUVINI YORITISH UCHUN OAV VAKILLARINI AKKREDITATSIYA QILISH TO?G?RISIDA

18.03.2019 15:37

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Ikkinchi Maslahat uchrashuvini yoritish uchun ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilishni boshladi.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Ikkinchi Maslahat uchrashuvini yoritishni istagan mahalliy va xorijiy OAV vakillari Tashqi ishlar vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari talab etiladi:

 1. manfaatdor ommaviy axborot vositasi rahbarining O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik yoki konsullik vakolatxonalari yoki O‘zbekiston Respublikasi TIVda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy diplomatik vakolatxonalar orqali o‘z muxbirini akkreditatsiya qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri nomiga murojaatnoma xati (mahalliy OAV vakillari TIVga to’g’ridan-to’g’ri murojaat qiladilar);

 2. manfaatdor ommaviy axborot vositasi to‘g‘risida ma’lumotnoma-axborot;

 3. muxbirning tarjimayi holi va pasport nusxasi;

 4. akkreditatsiya qilinadigan muxbirning 300x400 dpi hajmdagi fotosurati (yuqori sifatda, qat’iy to‘g‘riga qaragan holda, oq yoki ko‘k fonda);

 5. to‘ldirilgan anketa.

 (yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlarning elektron nusxasini ca2019@mfa.uz elektron pochta manziliga jo‘natishingizni so‘raymiz)

 Akkreditatsiya uchun OAV vakillaridan arizalar 2019-yilning 5-aprel Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha qabul qilinadi.

 Belgilangan muddatdan so‘ng, shuningdek, ko‘rsatilgan ma’lumotlarsiz jo‘natilgan yoki fotosurat va anketa ilova qilinmagan arizalar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.

 

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Ikkinchi Maslahat uchrashuvini yoritishda ishtirok etish uchun xorijiy OAVning topshirgan arizalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ularning akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomasisiz O‘zbekistonga tashrif buyurish va professional faoliyati bilan shug‘ullanish uchun asos bo‘la olmaydi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net