Malayziyadan munosabat: Toshkent va Minsk davlatlararo samarali muloqotni davom ettirishdan manfaatdor

11.02.2024 03:30

/"Dunyo" AA/. Islom hamkorlik tashkilotining Malayziyadagi Xalqaro ishbilarmonlik markazi bosh ijrochi direktori Muhammad Tolib Bin Mohamad Raja Mohan "Dunyo" AA uchun intervyusida Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning O'zbekistonga rasmiy tashrifi yakunlari haqida fikrlarini bildirdi:

- O'tgan yillar davomida O'zbekiston-Belarus ko'p qirrali munosabatlari sifat jihatidan yangi, yuksak bosqichga ko'tarildi. Xususan, oliy va yuqori darajadagi muloqot faollashdi. Ishbilarmonlar kengashi va hududlararo forum mexanizmlari yo'lga qo'yildi, ikki mamlakatning yetakchi korxonalari o'rtasida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida hamkorlik aloqalari kengayib bormoqda.

Mamlakatlar o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo'yicha qiziqarli tajribaga e'tibor qaratmoqchiman. Keyingi yillarda qo'shma korxonalar soni 4 barobar ortgani quvonarli. Bu, albatta, yangi ishlab chiqarishlar tashkil etish va ularni mahalliylashtirish, ish o'rinlari yaratish, yangi bozorlarni o'zlashtirishni rag'batlantirmoqda.

Tomonlar qo'shma tashqi savdo kompaniyasini tashkil etish to'g'risidagi kelishuvi va O'zbekiston Prezidentining respublikada "BelAZ" rusumli avtomashinalarni hamkorlikda ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish taklifi alohida e'tiborga loyiqdir.

Shu bilan birga, yengil, oziq-ovqat va elektrotexnika sanoati, farmatsevtika, shaharsozlik va kommunikatsiya sohalarida qo'shma loyihalarni amalga oshirish uchun katta imkoniyatlar mavjud.

Muxtasar aytganda, ushbu tashrif o'zaro hurmat va bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillariga asoslangan O'zbekiston-Belarus hamkorligining butun spektrini yana-da kengaytirishga xizmat qiladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net