Malayziyadagi vatandoshlar tabrigi: O'z hayotini Vatan himoyasidek ulug' ishga bag'ishlagan siz, azmu shijoatli harbiylarimizni sharaflaymiz

13.01.2024 13:58

/"Dunyo" AA/. Malayziya oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan vatandoshlarimiz "Dunyo" AA uchun intervyularida O'zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o'z tabriklarini yo'llashdi:

"UCSI" universiteti magistranti Nurbek Rahmatullayev:

-Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar! Men «El-yurt umidi» jamg'armasi ko'magi asosida Malayziyaning "UCSI" universitetining xalqaro biznesni boshqarish fakultetida magistratura bosqichida tahsil olayapman.

Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni, xususan harbiylarimizni 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Ushbu qutlug' ayyomda o'z hayotini Vatan himoyasidek ulug' ishga bag'ishlagan siz, azmu shijoatli harbiylarimizni sharaflab, xalqimiz, mamlakatimiz tinchligi va xavfsizligi yo'lidagi xizmatlaringiz uchun barchangizga chuqur minnatdorlik bildiraman.

Kelgusidagi faoliyatingizda ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilayman.

Malayya universiteti talabasi Nozimjon Tuyg'unov:

-Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar! Sizlarni Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 32 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Ushbu shonli ayyomda harbiylarimizning mamlakatimiz tinchligi va xavfsizligi yo'lidagi fidokorona xizmatlari uchun o'zimning chuqur minnatdorligimni bildiraman. Qalbingizni shijoat, tanangizni kuch qudrat hech qachon tark etmasin. Sizlarga ulkan zafarlar va Vatan oldida amalga oshirayotgan ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilab qolaman.

Barchangizga bayram muborak bo'lsin!

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net