Malayziyada "O'zbekiston madaniyati haftaligi" o'tkaziladi

06.12.2024 03:45

O'zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziya turizm, san'at va madaniyat vaziri Tiong King Sing bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda

Uchrashuvda turizm, madaniy almashinuvlar, ta'lim, malaka oshirish va o'zaro tajriba almashish yo'nalishlarida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Malayziyada "O'zbekiston madaniyati haftaligi"ni tashkil qilish, ikki mamlakat o'rtasidagi aviaqatnovlar sonini ko'paytirish, turizm sohasida hamkorlik bo'yicha Qo'shma komissiya ta'sis etish, turoperatorlar tomonidan turpaketlarni diversifikatsiya qilish, respublika vakillari uchun yangi malaka oshirish dasturlarini uyushtirish kabi rejalar belgilab olindi.

Tomonlar so'nggi yillarda ushbu sohalardagi aloqalar jadal rivojlanib borishi sharoitida o'zaro shartnomaviy bazani takomillashtirish masalalariga ham alohida e'tibor qaratdilar.

Vazir Tiong King Sing O'zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan kreativ iqtisodiyotni qo'llab-quvvatlash, respublikaning boy madaniy merosini keng targ'ib qilish, turizm infratuzilmani rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi. "Bunday tizimli siyosat mamlakatni dunyoda yana-da keng tanitishi, turizmni iqtisodiyotning strategik sektoriga aylantirishi va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi. 2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o'tkazilishi haqidagi qaror respublikaning nufuzli madaniy diplomatiya va ishbilarmonlik markaziga aylanib borayotganidan dalolatdir", - dedi u.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net