Malayziyada bo?lib o?tayotgan Jahon madaniyatlari xalqaro ko?rgazmasida O?zbekistonning boy madaniy merosi namoyish etilmoqda

08.09.2023 11:54

/“Dunyo” AA/. Kuala-Lumpur Hunarmandchilik majmuasida bo‘lib o‘tayotgan Jahon madaniyatlari xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy stend bilan ishtirok etmoqda, deb  xabar qilayapti “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimizning madaniy salohiyati namoyishi O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi tomonidan respublika “Hunarmand” uyushmasi ko‘magida tashkil etildi.

O‘zbekiston stendida milliy hunarmandchilik va amaliy sanʼat mahsulotlari, jumladan, kashtachilik, kulolchilik, misgarlik, yog‘och o‘ymakorligi, mayda haykaltaroshlik, miniatyura, milliy libos va do‘ppichilik kabi yo‘nalishlardagi namunalari mehmonlar eʼtiboriga  taqdim etilmoqda.

Ko‘rgazma davomida respublikada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadida olib borilayotgan chora-tadbirlar, mamlakatning boy madaniy merosi va hunarmandchilik anʼanalari to‘g‘risida batafsil maʼlumot berildi. O‘zbekiston tomonidan anʼanaviy o‘tkazib kelinayotgan Qo‘qon shahridagi Xalqaro hunarmandchilik festivali, Buxoro shahridagi Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali soha vakillari o‘rtasida hamkorlik rishtalarini yana-da mustahkamlashga xizmat qilayotgani alohida taʼkidlandi.

Shuningdek, ko‘rgazma ishtirokchilariga respublika turizm salohiyati va sayyohlik dasturlari taqdimoti tashkil qilindi.

Tadbir Malayziya Turizm, sanʼat va madaniyat vazirligi ko‘magida ilk bor tashkil etilgan bo‘lib, unda dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlari vakillari, xususan, hunarmandlar, sanʼatkorlar, oshpazlar o‘z milliy mahsulotlari va madaniyatini namoyish qilmoqda.

Jahon madaniyatlari xalqaro ko‘rgazmasi 9 sentyabrgacha davom etadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net