XALQARO BAXSHICHILIK FESTIVALIDA SINGAPURLIK IJROCHILAR HAM BOR

07.04.2019 16:00

Laviti KUMAR, sozanda (Singapur):

Jamoamiz bilan baxshichilik festivalida ishtirok etish uchun keldik. Termiz aeroportidayoq ko`hna va navqiron Surxon o`lkasining qaynoq taftini sezdik. Festival ishtirokchilari o`zbekona mehmondo`stlik ramzi bo`lgan non-tuz bilan kutib olingani barchani xurnud qildi. Bag`rikeng, ochiqchehra, samimiy odamlar, ayniqsa, milliy kiyimdagi yigit-qizlarning xush kalomidan qadim madaniyat beshigiga kelganimizni angladik.

Biz ijro etadigan qo`shiqlar ko`hna Sharqning falsafiy dunyosini ifoda etadi. Singapurda ham milliy qadriyatlar xazinasi bo`lgan folklor san`ati juda qadrlanadi. O`ylaymizki, ishtirokimiz tinglovchilarga manzur bo`ladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net