To?rtko?l tumanida “Yangi O?zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida ma’naviyat festivali boshlandi

15.08.2022 16:09

Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy yilning 15-20 avgust kunlari madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar va konsert dasturlarini o‘tkazish belgilangan.

Shu munosabat bilan To‘rtko‘l tumanidagi Otajon Xudoyshukurov nomidagi Madaniyat saroyida bir guruh olim va shoirlar, qo‘shiqchi san’atkorlar, teatr va kino arboblari bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

“Ma’naviyat festivali” doirasida o‘tkazilayotgan ushbu tadbirda ko‘p millatli O‘zbekiston bitta xalq, bir davlat, bir qismat egasi bo‘lish saodatini bergan mustaqillikni bundan keyin ham ko‘z qorachig‘idek asrashi lozimligi ta’kidlandi. 

Erishilgan yutuqlar, olib borilayotgan islohotlarning mohiyati targ‘ibotchilar tomonidan tushuntirildi. Shoir va san’atkorlarning chiqishlari eng ulug‘, eng aziz bayramimizga alohida fayz bag‘ishladi.

O‘zA

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net