TARIXIY ILDIZLARI MUSHTARAK IKKI XALQ

05.04.2019 15:57

6-7 aprel kunlari Termiz davlat universitetida shu mavzuda xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya bo’lib o’tadi.

Qadim tariximiz ming yilliklari davomida tug’ma iste'dod sohiblari tomonidan yaratilgan, avloddan-avlodga o’tib, sayqallanib, yanada boyitilib kelinayotgan baxshichilik san'ati milliy madaniyatimiz noyob xususiyatlarini namoyon etuvchi yorqin ko’zgudir. 

– Prezidentimizning 2018 yil 1 noyabrdagi “Xalqaro baxshichilik san'ati festivalini o’tkazish to’g’risida”gi qarori o’zbek baxshichilik va dostonchilik san'atining noyob namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, turli xalqlar o’rtasidagi do’stlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi direktori Аzamat Haydarov. – “Jahon tsivilizatsiyasida baxshichilik san'atining o’rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyani o’tkazishdan ko’zlangan maqsad – baxshilik va dostonchilik san'atini rivojlantirish, baxshi-shoir, oqin va jirovlar ijodining Sharq va G’arb madaniyati hamda san'atidagi o’rni va ahamiyatini yanada oshirish, o’zbek hamda boshqa xalqlarning dostonlarini ilmiy o’rganish, bu borada o’zaro ijodiy hamkorlik qilish, madaniy-ma'naviy aloqalarni xalqaro miqyosda kengaytirishdan iborat.

Konferentsiya ishida baxshichilik va dostonchilik san'ati yo’nalishida ilmiy izlanish va tadqiqotlar olib borayotgan olim va mutaxassislar, shu jumladan, 15ta xorijiy mamlakatdan tashrif buyurgan mehmonlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi. Konferentsiya ikki kunga mo’ljallangan bo’lib, dastlab to’qqizta mamlakat olimlarining ma'ruzalarini o’z ichiga olgan yalpi majlis bo’lib o’tadi.

Unda “Baxshilarning estetik qarashlari”, “Jangarchi – «Jangar» qalmiq qahramonlik dostoni aytuvchisi, saqlovchisi va ommalashtiruvchisi”, “Turkiy eposda doston aytish san'atining badiiy va vaqtga oid konteksti”, “Mo’g’ul va o’zbek tillaridagi eposlarning terminologik tomonlari”, “Nomoddiy madaniy meros muhofazasi bo’yicha konventsiya ro’yxatlari epik merosi: O’zbekiston epik meros elementlari”, “Qirg’iz elining aytishuv san'ati”, «Podishoh va Lala yoki Daxril va Zyufrem» gagauz doston eposi tiklanishi”, “Tojiklarning epik ijodi: hozirgi holati, saqlash va rivojlanish muammolari” kabi mavzularda ma'ruzalar tinglanadi.

Konferentsiyada Bolgariya, Eron, Janubiy Koreya, Moldova, Rossiya, Turkiya, Frantsiya hamda qo’shni davlatlardan eng tajribali mutaxassislar ishtirok etishi uning nufuzi yuqori ekanligini ko’rsatmoqda.

Muxtasar aytganda, ushbu ilmiy-amaliy konferentsiya baxshichilik va dostonchilik san'atining noyob namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, dunyo xalqlari o’rtasida xalqaro madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net